AsosiyJamiyat

Jizzaxda tadbirkor er talashib xususiy korxona rahbarini otib o`ldirdi

'Jizzaxda tadbirkor er talashib xususiy korxona rahbarini otib o`ldirdi'ning rasmi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 3-fevral kuni er talashishdan kelib chiqqan janjalda tadbirkor xususiy korxona rahbarini otib qo`ydi

Qayd etilishicha, tumanning “G`afur G`ulom” mahallasida yashovchi tadbirkor (54 yoshli)ning eriga Paxtakor tumani “Toshkent” mahallasida yashovchi xususiy korxona rahbari (1960-yilda tug`ilgan) MIB xodimlari bilan birga borgan. Er talashish oqibatida o`rtada janjal kelib chiqqan.

Arnasoylik tadbirkor o`ziga tegishli ov miltig`i bilan erni olish uchun kelgan korxona rahbarining o`ng ko`krak qismiga bir marta otib, tan jarohati etkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar