AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentda magnit bo`ron kuzatiladi

'Bugun Toshkentda magnit bo`ron kuzatiladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni Toshkent shahri va respublikaning Toshkent shahri bilan bitta geografik kenglikda joylashgan hududlarida magnit bo`ron kuzatiladi. Bu haqda O`zgidromet etakchi mutaxasisi Erkin Abdulahatov xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrida 10 fevral kuni G3 darajali kuchga ega 4 ballik magnit bo`ronlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.  

Oxirgi kunlarda Erning shimoliy yarim sharida magnit bo`ronlari faolligi sezilarli kuzatilmoqda. 

SpaceX sun`iy yo`ldoshlari ham davomli bo`ron kuchlarida o`z yo`nalishini yo`qotib yaroqsiz holatga kelib qolgani to`g`risida xabarlar tarqalmoqda.  

Magnit bo`ronlarining yuqori xavfli darajasi nafaqat, inson salomatligi, uning kundalik ish faoliyatiga, balki aloqa tizimiga ham sezilarli ta`sir ko`rsatadi.

Darvoqe, ayni payt respublika aholisining aksariyatida bosh orqa qismida "karaxtlik" kuzatilmoqda. Bu bevosita magnit bo`ronlari aks ta`sirida yuz bermoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar