Bugun, 11 fevral kuni Qozog`iston bosh vaziri Alixan Smailov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi O`zbekistonga bir kunlik tashrif bilan keladi.
Tashrif dasturida O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar va boshqa qo`shma tadbirlar o`tkazish ko`zda tutilgani aytilmoqdaa.
Ma`lumot uchun, Alixan Smailov bundan bir oy avval, 11 yanvar kuni lavozimiga tayinlangan edi.






