AsosiyJamiyat

Endi Ichki ishlar vazirligi avtomaktablarga o`zi lisenziya beradi — Prezident topshirig`i

'Endi Ichki ishlar vazirligi avtomaktablarga o`zi lisenziya beradi — Prezident topshirig`i'ning rasmi

Ayni paytda Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida avtomaktablar faoliyati va imtihon olish jarayonlari tanqid ostiga olindi

"Yildan yilga avtotransport vositalari va haydovchilar soni ko`paygani bilan ularning madaniyati, o`zaro hurmat va bilim-tajribasi pasayib borayotgani ham ayni haqiqat.

Masalan, avariyalarning 75 foizini 35 yoshgacha bo`lganlar sodir etgan. Har yili 500 ming kishi haydovchilik guvohnomasi oladi, lekin 25 foizi mashg`ulotlarga qatnashmaydi.

Qaysi hokim yoki ichki ishlar boshlig`i biror marta avtomaktablarga borgan, ulardagi o`qish jarayoni bilan qiziqqan? Umuman, Ta`lim inspeksiyasi avtomaktablar nazoratini eplay olmadi”, - dedi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, endi haydovchilikka o`qitish va guvohnoma berish bo`yicha yangi tizim yaratiladi. Bunda:

- Ichki ishlar vazirligi avtomaktablar va imtihon markazlariga talablarni qayta ko`rib chiqadi, ularga lisenziyalarni o`zi beradi;  

- Ichki ishlar akademiyasi avtomaktablarning metodologiyasi, o`quv dasturi, o`qituvchilarning malakasi va o`qitish sifatini oshirishga javob beradi;

- Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilar to`g`risidagi ma`lumotlar bazasi va ularning reytingini yuritadi.

 

    Boshqa yangiliklar