O`zbekiston Gidrometeorologiya ximazti habariga ko`ra, dam olish kunlari iliq o`rniga yomg`ir qorga aylanadigan havo kirib keladi.
Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik bo`ladi. Havo harorati kunduzi 10-15o iliqni, shimolda 3-8o iliqni tashkil etadi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to`zon kuzatiladi.
Ertaga nam va salqin havo massasining kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7o iliqni tashkil etadi. Shuningdek, Qoraqalpog`istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to`zon kuzatiladi.
Yakshanba kuni faqat Qoraqalpog`istonning ba`zi joylarida biroz qor yog`ishi mumkin, qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqni, kunduz kuni 5-10o iliqni tashkil etadi. Shimolda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Ertaga 12 fevralda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. 1 fevraldan 13 fevralgacha respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor! Ehtiyot bo`ling!






