Bugun, 11 fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kasalxonada portlash sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, hodisa soat 11:30 da Qorako`rpa MFYdagi tibbiyot punktida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sabab sodir bo`lgan. Hodisa oqibatida, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 7 kishi jarohatlangan. Halok bo`lganlar haqida ma`lumot hozircha olinmagan.
Ayni damda voqea joyida vazirlikning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda.






