AsosiyJamiyat

Poytaxtda yo`l harakatini raqamli boshqarish va xavfsizligini ta`minlash tizimi joriy etish to`liq shahar hokimiyati tasarrufiga o`tkaziladi

'Poytaxtda yo`l harakatini raqamli boshqarish va xavfsizligini ta`minlash tizimi joriy etish to`liq shahar hokimiyati tasarrufiga o`tkaziladi'ning rasmi

Endi Toshkent shahrida yo`l harakatini raqamli boshqarish va xavfsizligini ta`minlash tizimi joriy etish to`liq shahar hokimiyati tasarrufiga o`tkaziladi. Bu haqda Prezident huzuridagi videoselektior yig`ilishida ma`lum qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, yil yakuniga qadar poytaxtning 300 ta chorrahasini, kelgusi yilda esa qolgan 302 tasini raqamli tizimga o`tkazish vazifasi qo`yildi.

Sohani raqamlashtirish bilan bog`liq barcha masalaga shahar mutasaddilari javob beradi va so`rov ham ulardan bo`ladi. Axborot texnologiyalari, Ichki ishlar va Transport vazirliklarida ushbu tizimni takrorlovchi yoki ishiga aralashadigan bo`linmalar bo`lishi mumkin emas, dedi davlatimiz rahbari.

“Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari hokimlarining yo`l harakatini raqamli boshqarishni joriy etish bo`yicha “yo`l xaritalari” bilan tanishib chiqdim. Ularda belgilangan tadbirlar faqat qoidabuzarlikning nazorati bilan cheklangani meni mutlaqo qoniqtirmaydi”, dedi Prezident.

Bir oy muddatda viloyat markazlarida yo`l harakatini boshqarish va xavfsizligini ta`minlash bo`yicha yangi konsepsiyalarini ishlab chiqish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar