“Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qaror bilan 2022 yilda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash belgilandi.
Bu bo`yicha tashkiliy qo`mita tarkibi tasdiqlandi.
Qarorga ko`ra, shoir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash bo`yicha chora-tadbirlar doirasida, jumladan:
- Usmon Nosir hayoti va faoliyatini, xususan, uning qatag`on davrida kechgan yillarini o`rganish, hozirga qadar noma`lum bo`lib kelayotgan qo`lyozma asarlarining taqdiri haqida ma`lumotlar to`plash maqsadida ishchi gyruh tuzilib, uning Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, Rossiya Federasiyasidagi tegishli arxiv materiallari bilan tanishishi uchun sharoit yaratiladi;
- Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o`rnatiladi;
- Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko`chalarga Usmon Nosir nomi beriladi;
- umumiy o`rta ta`lim muassasalari, ijod maktablari o`quvchilari o`rtasida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Unutmas meni bog`im” mavzuida insholar tanlovi o`tkaziladi.






