Prezident huzuridagi videoselektor yig`ilishida viloyat hokimlari va ichki ishlar boshliqlariga uch oy muddatda hududlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish topshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
"Raqamlashtirish – yo`l harakatini boshqarishning eng to`g`ri echimi. Afsuski, na poytaxtda, na hududlarda raqamlashtirish borasida birorta namuna qilib ko`rsatadigan joy yo`q. Borini ham eplab ishlata olmayapti," - degan prezident
Shu bilan birga, Toshkent shahrining 602 ta chorrahasidan 111 tasidagina raqamli boshqaruv mavjud. Boshqa shaharlarda esa bunday tizim umuman yo`q.
“Harakat xavfsizligini raqamlashtirish bo`yicha Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida yuzaga kelgan muammolarni o`zim qattiq nazoratga olganimdan keyin hokimlar va ichki ishlar boshliqlari harakatni boshladi.
Ushbu hududlar ichki ishlar boshliqlari 1 iyulgacha keskin o`zgarish qilmasa, ularga nisbatan qat`iy chora ko`raman. Boshqa hokimlar ham xulosa qilib, batafsil hisobot beradi”, dedi davlat rahbari.