AsosiySport

Engil atletikachilarimiz ko`rsatkichlari davrlar oralig`ida tekshirib boriladi

'Engil atletikachilarimiz ko`rsatkichlari davrlar oralig`ida tekshirib boriladi'ning rasmi

Kuni kecha O`zbekiston engil atletika federasiyasi boshqaruvida bo`lgan o`zgarish ushbu sport turida yangi marralarni zabt etish uchun tashlangan qadam bo`ldi. Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov federasiya bazasiga tashrif buyurib, sportchilarimizning mashg`ulotini kuzatdi.

Ayni paytda asosiy tarkib sportchilari engil atletika bazasida yangi mavsum uchun tayyorgarlik bosqichini olib bormoqda. Tashrif davomida MOQ rahbari ham sportchi, ham murabbiylar bilan alohida suhbatlashdi. Unda federasiya raisi o`rinbosari Andrey Abduvaliev va bosh murabbiy Go`zal Hubbieva ham ishtirok etdi.

“Bizni ortimizdan Prezidentimiz va hukumatimiz qo`llab-quvvatlab turibdi. Olimpiya va Paralimpiyachilarimiz qanday motivasiya qilinayotganini ko`rib turibsiz. Jahonda raqobat shiddatli ruhda o`syapti. Shu bois zamonaviy metodika asosida mashg`ulotlar olib borish kerak. Atletlarimizning salomatligini muntazam nazorat qilish, undagi o`zgarishlarni ko`zdan kechirish shifokorlar uchun alohida vazifa”, – dedi MOQ rahbari.

Suhbat davomida Rustam Shoabdurahmonov sportchilarning yo`nalishga qarab ma`lum davrda nazorat testlarini o`tkazish, sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda yangicha metodika bilan yondashish, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan muntazam aloqada bo`lib, atletlarning salomatligini kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar