Xitoyda davom etayotgan qishki Olimpiya o`yinlarining navbatdagi kunida o`ynaladigan sport turlari e`lon qilindi.
Unga ko`ra, bugun biatlon, chang`i poygasi, skeleton, tramplindan sakrash, snoubord va konkida yugurish bo`yicha medallar o`ynaladi. Shuningdek, kunning yana bir muhim bahsi erkaklar xokkeyida jahonning ikki gigant jamoalari Kanada va AQSh termalari o`rtasida kechadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 09:10 da start oladi.
Medallar o`ynaladigan dasturlar vaqti:
14:00 – Biatlon. Erkaklar, sprint
12:30 – Chang`i poygasi. Ayollar estafetasi
18:55 – Skeleton. Ayollar, yakkalik
17:00 – Tramplindan sakrash. Erkaklar, yuqori balandlik
08:00 – Snoubord. Aralash estafeta
13:50 – Konkida yugurish. Erkaklar, 500 metr






