AsosiySiyosat

Turmanistonda muddatidan oldin saylov qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

'Turmanistonda muddatidan oldin saylov qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o`z lavozimini yosh rahbarga topshirish niyatida ekani haqida xabar bergan edik.

“Interfaks” xabar berishicha, Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 12 mart kuni bo`lib o`tadi.

“Xalq kengashining 11-fevral, juma kuni bo`lib o`tgan yig`ilishida 15 yildan beri prezidentlik qilib kelayotgan Gurbanguli Berdimuhamedov o`z lavozimini yosh rahbarga topshirish niyatida ekanligini ma`lum qilgan”, - deyiladi xabarda.

“Xalq kengashi”ning navbatdan tashqari yig`ilishida so`zga chiqqan faxriy oqsoqollar prezident Berdimuhamedovning mamlakat rahbariyatiga yosh kadrlarni jalb etish bo`yicha qarorini qo`llab-quvvatladi.

Shundan so`ng u Respublika Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o`tkazishga tayyorgarlikni boshlash bo`yicha topshiriq bergan.

Ma`lumot uchun, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 2017 yil 12 fevralda bo`lib o`tgan saylovda davlat rahbari lavozimiga saylangan edi. Saylovchilarning 97,69 foizi Berdimuhamedovga ovoz bergan. Ushbu saylovda  jami 3 million 163 ming 692 nafar saylovchi  ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar