AsosiySport

Bugun Komiljon To`xtaev "Pekin-2022" qishki Olimpiya musobaqalaridagi ishtirokini boshladi

'Bugun Komiljon To`xtaev "Pekin-2022" qishki Olimpiya musobaqalaridagi ishtirokini boshladi'ning rasmi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarining to`qqizinchi kuniga kelib hamyurtimiz Komiljon To`xtaev musobaqadagi ishtirokini boshladi. Bu haqda O`zbekiston Olimpiada qo`mitasi xabar berdi.

 Bugun sportchimiz gigant-slalom dasturida startga chiqadi.

Dastlabki chiqish Toshkent vaqti bilan 07:15 ga to`g`ri keldi. Shundan so`ng 10:45 da sportchilarni ikkinchi start kutib turibdi. Komiljon unda 60-raqam ostida ishtirok etadi.

Shuningdek, kun davomida muxlislar biatlon, chang`i poygasi, short-trek, konkida yugurish kabi sport turlarida ham medallar uchun kurashga guvoh bo`lishadi.

07:15 – Tog` chang`isi. Erkaklar, gigant slalom
12:00 – Chang`i poygasi. Erkaklar estafetasi
14:00 – Biatlon. Ayollar, ta`qib poygasi
15:45 – Biatlon. Erkaklar, ta`qib poygasi
16:45 – Short-trek. Ayollar, 3000 metr
17:15 – Short-trek. Erkaklar, 500 metr
18:55 – Konkida yugurish. Ayollar, 500 metr

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi hamyurtimizga bo`lajak start oldidan omad tilab qoladi. Olg`a, Komiljon!

    Boshqa yangiliklar