Ortiqcha vazndan qutulish uchun nafaqat ishtahani cheklash, balki ba`zi odat va ko`nikmalardan voz kechish zarurligi aniqlandi. Ularni shartli ravishda «semirtiruvchi» odatlar deb nomlab, vazn ortishiga qanday ta`sir qilishini o`rganib chiqsak.
1. Taomlarni juda tez tanovvul qilish
Taomlarni tez tanovvul qilish zamonaviy jamiyatdagi tezkor hayotda yashayotgan ko`pchilikning muammosidir. Shuni yodda tutish lozimki, biz ovqatlanishni boshlagan vaqtdan 20 daqiqa o`tmasdan turib, miyaga oshqozonning to`yganligi haqida signal etib bormaydi. Shuning uchun tez ovqatlanish to`yganligimizni anglab etgunimizga qadar juda ko`p eb qo`yishimizga sabab bo`ladi.
2. Televizor tomosha qilish odati
Ilmiy tadqiqotlar televizorni kuniga ikki soatdan kam ko`rmaydigan kishilar unga yarim soatdan ko`p vaqt ajratmaydiganlarga qaraganda semirishga ko`proq moyil ekanligini ko`rsatadi. Gap shundaki, televizor tomosha qilish mobaynida biz deyarli harakat qilmaymiz. Buning ustiga turli-tuman dasturlarni tomosha qila turib, turli taomlarni ham iste`mol qilishga odat qilganmiz.
3. Doim nimadir eb turish odati
Aksariyat kishilar, o`zlari buni sezmagan holda avtomobil rulida, kompyuterda ishlash, do`kondagi xarid va hatto telefon orqali suhbat chog`ida ham nimadir eb turish odatiga ega bo`ladi. Bunday engil tamaddi yoki kichik shirinliklar ham vaqt o`tishi bilan ortiqcha kilogrammlarni keltirib chiqaradi.
4. Fast-fudlarni iste`mol qilish
Fast-fudlarni iste`mol qilish ovqatlanish sifatiga ta`sir ko`rsatadi. Chunki «sog`lom bo`lmagan taom» foydali oziq-ovqat mahsulotlari o`rnini egallay boshlaydi.
5. Muammo va stresslarni ovqat bilan engish
Olimlarning fikricha, taomni keragidan ortiq iste`mol qilishning 75 foizi aynan kishining ruhiy holati bilan bog`liqdir. Biror narsadan tashvishlanib yoki yolg`izlikni his etmaslik uchun kishi o`ziga hisob bermagan holda, ochlikni umuman his qilmagan hollarda ham biror narsa chaynashni boshlaydi. Ba`zilar esa nima qilishni bilmasdan, ya`ni zerikkanidan ham nimadir eyishga kirishadi.
6. To`yib uxlamaslik
Ilmiy nuqtai nazardan uyquning etishmasligi ishtahani uyg`otuvchi garmon ishlab chiqarilishini oshiradi. Ushbu vaziyatni raqamlarda olib qarasak, uyqu vaqtining bir soatga kamaytirilishi tanadagi yog` miqdorini 3 foizga ko`paytiradi.
7. Sport bilan shug`ullanishga vaqt etmasligi
8. Boshqalar bilan tenglashish odati
Vazn ortishi kishining muloqot doirasi bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin. Biz ko`pincha atrofimizda semiz odamlarni ko`rib (turmush o`rtog`imiz, do`stimiz) ortiqcha vaznni normal holat sifatida qabul qila boshlaymiz (Bu holat ong ostida ro`y beradi). Tadqiqotlar 30 yoshdan keyin semiz qarindoshlar va do`stlar qurshovida bo`lgan odamning ortiqcha kilogrammlarni to`plash xavfi 37-57 foizga ortishini ko`rsatdi.
9. Mahsulotlarning yog`lilik va kaloriya darajasi haqida bosh qotirmaslik
10. O`z vaznini nazorat qilmaslik
11. Noqulay kiyim kiyish odati
Qulay kiyim ko`proq harakat qilish imkonini berishini mantiqan ham tushunish mumkin. Harakatlanishi noqulay kostyum yoki tor yubkalar bilan cheklab qo`yilmagan kishilar ko`proq harakatda bo`ladi va demak, ko`proq kaloriya ham sarflaydi.
12. Plastik kartochkalardan foydalanish
Restoranlarga kelib tushgan 100 ming buyurtmani tahlil qilib chiqish natijasida taom uchun plastik kartadan haq to`laganlar buning uchun naqd puldan foydalanganlarga qaraganda, 30 foizga ko`proq mablag` sarflaganligi aniqlandi. Mana shunaqa qiziqarli kuzatuv natijalari…
Manba: ayol.uz





