Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarida qatnashayotgan hamyurtimiz Komiljon To`xtaev gigant slalom yo`nalishidagi ishtirokini tugatdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.
Birinchi startdan so`ng 35-natijani qayd etgan vakilimiz yakunda 29-pog`onani band etdi. Bu borada g`oliblik shveysariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Sloveniya sharafini himoya qilgan Jan Kranes ikkinchi o`rinni band qilgan bo`lsa, Fransiya vakili Matyo Fevr kuchli uchlikka yakun yasadi.
Tog` chang`isi. Gigant slalom, erkaklar:
1. Marko Odermatt (Shveysariya);
2. Jan Kranes (Sloveniya);
3. Mate Fevr (Fransiya)
29. Komiljon To`xtaev (O`zbekiston)
Endi sportchimiz 16 fevral kuni slalom dasturida o`z omadini sinab ko`radi.






