AsosiySport

Nagelsmann "Bavariya"ning mag`lubiyatiga izoh berdi

'Nagelsmann "Bavariya"ning mag`lubiyatiga izoh berdi'ning rasmi

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Germaniya Bundesligasining 22-turidan o`rin olgan "Boxum" (2:4)ga qarshi bahsdan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

"Birinchi bo`limni juda yomon o`tkazidik. Bizda o`yinga bo`lgan rejamiz bor edi. Biroq uni amalga oshira olmadik. Buning uchun jamoamni tanqid qila olmayman.

Barcha aybni bo`ynimga olaman. Vaziyat qaltis bo`lib turgan pallada men tezkor o`zgarishlarni amalga oshirishim kerak edi. Ikkinchi bo`limni yaxshi boshladik. Ammo vaziyat o`tib ketib bo`lgandi va biz ulgurmadik. Aytaylik, ertaroq gol urishni uddasidan chiqqanimizda mag`lubiyatdan qutulib qolgan bo`lardik", - deya Nagelsmanning so`zlaridan keltirmoqda Bayern Germany.

    Boshqa yangiliklar