AsosiyDunyo

Vaziyat keskinlashdi: Amerika va Evropa diplomatlari Kievni tark etmoqda

'Vaziyat keskinlashdi: Amerika va Evropa diplomatlari Kievni tark etmoqda'ning rasmi

Xorijiy diplomatik missiyalar Rossiya-Ukraina chegarasidagi keskinlik fonida Kievdagi xodimlarini evakuasiya qilmoqda. Qo`shma Shtatlar va Kanada elchixonalar ishini to`xtatganini e`lon qildi. Xodimlar qisman Lvovga ko`chirildi, bungacha diplomatlarning oilalari mamlakatdan evakuasiya qilib bo`lingan.

Evropa Ittifoqi, o`z navbatida, hali elchixonalarni yopmaslikka va`da bermoqda. Shu bilan birga, diplomatik vakolatxonalarning ishi cheklangan.

"Kievdagi elchixonamiz ochiq qoladi, lekin biz diplomatik xodimlar sonini qisqartiramiz. Chet elliklar yoki Ukrainaga ish bilan kelganlarga kelsak, ular zudlik bilan mamlakatni tark etishlari kerak, oilalari ham chiqib ketishi kerak",-deydi Germaniya tashqi ishlar vaziri

Rossiya, o`z navbatida, Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko`rilayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ham vahima qilmaslikka chaqirmoqda. Xabarlarda aytilishicha, Rossiya harbiy agressiyasi yuz bergan taqdirda ham G`arb davlatlari xavf zonasida qolgan fuqarolariga tezkor yordam ko`rsata olishi dargumon.

    Boshqa yangiliklar