Bugun ham Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarida medallar o`z egalarini topdi. So`nggi dasturda qo`lga kiritilgan oltin medal AQShni kuchli uchlikka olib chiqdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi qayd etmoqda.
Xabarga ko`ra, nemislarning etakchilikni ilib ketish "an`anasi" bugun tugadi. Biatlonda qo`lga kiritilgan medallar Norvegiyani yana birinchi pog`onaga olib chiqdi. Kuchli o`nlik esa quyidagicha ko`rinish oldi:
Oltin – kumush – bronza – jami:
1. Norvegiya – 9-5-7 (21)
2. Germaniya – 8-5-1 (14)
3. AQSh – 6-5-1 (12)
4. Niderlandiya – 6-4-2 (12)
5. Shvesiya – 5-3-3 (11)
6. Avstriya – 4-6-4 (14)
7. ROQ – 4-5-8 (16)
8. Xitoy – 4-3-2 (9)
9. Shveysariya – 3-0-5 (8).






