Italiya chempionatining 25-turida “Roma” mehmonda “Sassuolo”ga qarshi maydonga tushdi.
Gollarga boy kechgan o`yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Rimliklar uchrashuvni bir kam bo`lib yakunlashdi. Kristante hakam qo`shib bergan daqiqalarda gol urib, “Roma”ni mag`lubiyatdan saqlab qoldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 69-daqiqadan boshlab maydonda harakatlandi.
A Seriya. 25-tur
Sassuolo — Roma 2:2
Gollar: Smolling (47, avtogol), Traore (73) — Abraham (45+1, penalti), Kristante (90+4).






