Turkmaniston Demokratik partiyasining dushanba kuni bo`lib o`tgan navbatdan tashqari to`qqizinchi qurultoyida saylovda Turkmaniston prezidentligiga nomzod, amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o`g`li, Bosh vazir o`rinbosari Serdar Berdimuhamedov nomzodini ilgari surdi. Bu haqda “Ria” xabar bermoqda.
"Bugun Turkmaniston jamoat tashkilotlari markazida Turkmaniston demokratik partiyasining navbatdan tashqari IX qurultoyi bo`lib o`tdi. Unda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o`rinbosari Serdar Gurbangulevich Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenligi uchun o`z nomzodi ilgari surildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, qurultoy ishtirokchilari Berdimuhamedovning nutqini tinglab, uning Turkmaniston prezidentligiga nomzodini qo`llab-quvvatlagani qayd etilgan. Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko`ra, dushanba kuni mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovi bo`yicha saylov kampaniyasining birinchi bosqichi — nomzodlarni ko`rsatish boshlandi.






