AsosiySport

Pekin-2022. Peshqadamlar ro`yxatida o`zgarish kuzatilmadi

'Pekin-2022. Peshqadamlar ro`yxatida o`zgarish kuzatilmadi'ning rasmi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarida 10-kun bahslari ortda qoldi. Ahamiyatlisi, ushbu kundan so`ng kuchli uchlikda o`zgarish ro`y bermadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kunning ikkinchi yarmida fristayl va tramplindan sakrash bo`yicha bahslar o`tkazildi. Akrobatika dasturida xitoylik sportchi qiz eng murakkab elementni qoyilmaqom amalga oshirgan bo`lsa, avstriyalik tramplinchilar jamoaviy dasturda oltin medallarga ega chiqishdi. Bugungi kundan so`ng kuchli o`nlik quyidagicha:

Oltin – kumush – bronza – jami

1. Norvegiya – 9-5-7 (21)

2. Germaniya – 8-5-2 (15)

3. AQSh – 7-6-3 (16)

4. Niderlandiya – 6-4-2 (12)

5. Avstriya– 5-6-4 (15)

6. Shvesiya – 5-3-3 (11)

7. Xitoy– 5-3-2 (10)

8. ROQ – 4-6-8 (18)

9. Fransiya– 3-6-2 (11)

10. Shveysariya – 3-0-5 (8)

    Boshqa yangiliklar