Xitoy poytaxtida o`tkazilayotgan Olimpiya o`yinlarida bugun o`zbekistonlik sportchining ishtiroki kutilmoqda. Komiljon To`xtaev slalom bahslarida ishtirok etadi.
O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi bu haqda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sportchi ishtirokidagi dasturning birinchi mashqi Toshkent vaqti bilan 07:15 da boshlangan. To`xtaev unda natija qayd eta olsa, 10:45 da boshlanuvchi dasturda yana bir bor startga chiqishi aytiladi.
Quyida dastur bilan batafsil tanishing:
07:15 – Tog` chang`isi. Erkaklar, slalom
07:26 – Fristayl. Erkaklar, sloupstayl
12:45 – Biatlon. Ayollar, estafeta
14:15 – Chang`i poygasi. Ayollar, sprint
14:45 – Chang`i poygasi. Erkaklar, sprint
16:30 – Xokkey. Ayollar, 3-o`rin uchun bahs (Finlyandiya – Shveysariya)
17:00 – Fristayl. Erkaklar, akrobatika
17:45 – Short-trek. Erkaklar, 5000 metr
18:20 – Short-trek. Ayollar, 1500 metr






