AsosiySport

Pekin-2022: Komiljon To`xtaev diskvalifikasiya qilindi  

'Pekin-2022: Komiljon To`xtaev diskvalifikasiya qilindi   'ning rasmi

Avvalroq Xitoy poytaxtida o`tkazilayotgan Olimpiya o`yinlarida bugun o`zbekistonlik sportchining ishtiroki kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ayni damda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasining ma`lum qilishicha, sportchi diskvalifikasiya qilindi.

To`xtaevning slalom dasturidagi chiqishi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmagani aytiladi.

"Ma`lumki, sportchilar trassa bo`ylab harakat davomida har bir darvozani bosib o`tishlari lozim. Komiljon marra chizig`iga yaqin joylashgan darvozadan o`tishda xatoga yo`l qo`ydi va buning natijasida diskvalifikasiya qilindi,-deyiladi xabarda.

Shu bilan sportchi Pekin-2022'dagi ishtirokini yakunlandi.

    Boshqa yangiliklar