AsosiySport

Pochettino "Real" ustidan qozonilgan g`alabaga munosabat bildirdi

'Pochettino "Real" ustidan qozonilgan g`alabaga munosabat bildirdi'ning rasmi

"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Evropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida "Real" (1:0) ustidan qozonilgan g`alabaga o`z fikrini bildirdi.

"Bu g`alabadan juda hursandman.  Biz yaxshi o`ynadik. Haqli ravishda g`alaba qozondik.

Bizda yana bir muhim o`yin bor, lekin birinchi qadamni tashlashimiz kerak edi. O`yin davomida to`pni imkon qadar ushlab turishga intildik. Raqib hujum qilishiga imkoniyat bermadik.

Ammo ikkinchi o`yinda diqqatni jamlash kerak", — dedi Pochettino.

    Boshqa yangiliklar