“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan birga o`ynagan va ayni paytda futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan Andres Inesta Kataloniyaga qaytishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Sports.uz ma`lum qildi.
Loxpex nashrining xabar berishicha, ispaniyalik yarim himoyachi yaqin kelajakda “Barselona” tizimida ishlashni rejalashtiryapti. U jamoaga o`yitnchi sifatida emas, balki sport direktori lavomizimini egallashni rejalashtirgan.
Yaponiya chempionatida “Vessel Kobe” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Inestaning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha amal qiladi.
Inesta “Barselona”da o`ynagan davrida jami 32 ta sovrinni qo`lga kiritgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon va qit`a chempioni bo`lgan.






