"Atletiko" sardori Koke Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi dastlabki o`yinni o`tkazib yuboradi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, Koke La Liga doirasida "Osasuna"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan. Futbolchi son mushaklaridan olgan jarohati jiddiyroq bo`lib chiqqa.
Natijada, 30 yoshli futbolchi "MYu"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.






