25 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.
O`zbekiston-Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo`yicha qo`shma loyihalarni ilgari surishni ko`rib chiqdilar.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.






