O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati mart oyida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, mart oyi bu yil ham, O`zbekistonda tez-tez kuzatilgani kabi fevral oyidek ayrim kunlar bahoriy iliq bo`ldi. Mart oyi ham harorat ko`tarilishi bilan boshlanadi. 1-4 mart kunlari havo harorati asta-sekin ko`tariladi va 4 martga kelib havo kunduzi 20-23° iliqgacha isiydi. Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo kutilmoqda, faqat respublikaning ayrim hududlarida 1 martda kunduzi va 2 martga o`tar kechasi biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.
5 martdan boshlab ob-havo yomonlasha boshlaydi. Respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ba`zi joylarda kuchli shamol esishi va mart oyining birinchi o`n kunligi uchun me`yorga yaqin qiymatlargacha havo harorati pasayishi mumkin.
Keyinchalik esa oy oxirigacha mart oyiga xos bo`lgan beqaror ob-havo kutilmoqda. Bahorning birinchi oyi harorat keskin o`zgarishi bilan tavsiflanadi, bunda tez isish davrlari keskin sovuq davrlar bilan almashadi, ba`zida esa qisqa muddatga yomg`ir qorga aylanishi va kechasi harorat manfiy qiymatlargaga pasayishi bilan kuzatiladi.
So`nggi 50 yil ichida 1972 yilning mart oyi eng sovuq bo`lgan edi, hatto mart oyining uchinchi o`n kunligida ham harorat kechalari 10-15° sovuqgacha pasaygan.
So`nggi yillarda O`zbekistonda mart oylari iliqlashdi. 2008, 2016, 2018 yillarning mart oyilari barcha kuzatuv yillari uchun eng iliq uchlikka kirdi. Mart oyining eng iliq kunlarida esa harorat 30-32° iliqgacha, janubda ba`zi joylarda 35-37° iliqgacha ko`tarilgan.
O`zbekistonda mart oyi yog`ingarchilik miqdori bo`yicha ham, yog`ingarchilik kunlari soni bo`yicha ham yilning eng yog`ingarchilik ko`p bo`ladigan oyi deb hisoblanadi. Shimoliy hududlar va cho`l zonasini hisobga olmaganda, mart oyida o`rtacha 10 kundan 15 kungacha yog`ingarchilik bo`ladigan kunlar kuzatiladi.
So`nggi 10 yil ichida 2013 yil va 2014 yillarning mart oyilari eng ko`p yog`ingarchilik kuzatilgan yillar hisoblanadi. Ushbu yillarda, yomg`ir qorga aylanishi birinchi o`n kunlikda tez-tez kuzatilgan, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`lgan va ularning oylik miqdori bir yarim - ikki oylik me`yorgacha etgan.
So`nggi 25 yilda 1998 yilning mart oyi eng qorli bo`ldi, bunda Toshkentda 9 kun davomida qor qoplami kuzatildi, uning maksimal balandligi esa 22 sm ni tashkil etgan.






