AsosiyJamiyat

Namangandan Qozog`istonga ilk aviaparvoz amalga oshirildi

Bugun 1 mart kuni ilk marotaba Olma-Ota – Namangan – Olma-Ota yo`nalishida aviaqatnov amal...

'Namangandan Qozog`istonga ilk aviaparvoz amalga oshirildi'ning rasmi

Bugun 1 mart kuni ilk marotaba Olma-Ota – Namangan – Olma-Ota yo`nalishida aviaqatnov amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Ushbu reys Qozog`iston Respublikasining “FLY ARYSTAN” aviakompaniyasi tomonidan bajarildi.

Mazkur avivakompaniyaga qarashli  A-320 rusumli havo kemasi Namangandan Qozog`istonning Olma-Otaga shahriga 180 nafar yo`lovchini etkazdi.

Ma`lumot uchun, Namangan xalqaro aeroportidan 8 fevraldan boshlab  Maxachkala - Namangan -  Maxachkala yo`nalishida yangi aviaqatnov yo`lga qo`yilgan edi.

    Boshqa yangiliklar