AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vaziri AQShning O`zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi

'Xalq ta`limi vaziri AQShning O`zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 1 mart kuni Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov AQShning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O`zbekiston va AQSh davlatlari o`rtasidagi strategik sheriklik va o`zaro diplomatik aloqalar ta`lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib, bu borada amalga oshirilayotgan joriy hamkorlik masalalari o`zining ijobiy natijalarini berayotgani ta`kidlandi. 

Ta`lim sohasidagi xalqaro ilg`or tajribani O`zbekistonga tadbiq etishda AQSh bilan olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyati, xususan Amerika Qo`shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan amalga oshirilayotgan ishlar tilga olinib, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga umid bildirildi. 

photo2022-03-0120-27-45.jpg

Elchi O`zbekistondagi missiyasiga kirishganda oldiga qo`ygan asosiy maqsadi ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik sahifalariga ta`lim elchisi bo`lish ekanligini qayd etdi. 

Vazir va elchi muloqot chog`ida o`qituvchilarning malakasini oshirish, maktablarda ta`lim sifatini ko`tarish, almashinuv dasturlari, inklyuziv ta`limga oid loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar