1

Nega «semazen»larning boshi aylanmaydi? So`fiylarning Samo raqsi haqida nimalar ma`lum?

Madaniyat 07.03.2022, 13:09
Nega «semazen»larning boshi aylanmaydi? So`fiylarning Samo raqsi haqida nimalar ma`lum?

Samo raqsi Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273) ilhomi bilan yaratilgan va rivojlangan dunyodagi eng sirli raqs sifatida tanilgan. Mavlonoga esa, Shams Tabriziy o`rgatgandir. Darhaqiqat, chuqurroq qaralsa, bu Mavlaviy darveshlarning zikr marosimidir. Nay kabi nozik cholg`u asboblari jo`rligida qo`llarini ikki tomonga ochib, o`ng kaftini osmonga, chap kaftini erga qaratib, Hudodan olib, xalqqa berish kabi tushuniladigan marosim sifatida umumlashtirish mumkin. Bu erda musiqa mulohaza qilishga yordam beruvchi vositadir.

Vaqti-vaqti bilan sayyohlik namoyishi sifatida qabul qilingan Samo aslida chuqur ma`nolarga ega bo`lgan va asrlar davomida yashab kelayotgan bir marosimdir.

Nega aynan aylanishChunki borliqning asosiy sharti aylanishdir. Elektronlar yadro atrofida 1000 dan 100 000 km gacha tezlikda aylanadi. Massalari bir-biridan farq qilmaydigan elektronlar turli energiya darajalariga ega va 7 xil orbitalda aylanadi. Elektronning bu tez va cheksiz aylanishi mavjud bo`lgan hamma narsaning mohiyatidir. Koinotdagi hamma narsa bu aylanish tufayli omon qoladi. Yulduzlar, sayyoralar, tanadagi qon, erdagi hayot, hamma narsa uyg`unlikda aylanadi.

Kiyimlar va ularning ma`nolari

Tennure (oq kiyim) poklik va nafsning kafani, Sikke, darvesh toji (uzun bosh kiyimi), nafsning qabr toshini, qora nimcha esa ruhning ramzidir.

Quloqlar tangalar bilan yopilgan, Bu esa, dunyoni eshitmasdan yolg`iz Allohga yuzlanishni ifodalaydi.

Samo raqsiga raqs tushuvchi darveshlarga «semazen», Samo o`ynaladigan joyga «samoxona» deyiladi.Samoxonaning doirasimonligi Koinotning timsolidir.

Nega «semazen»larning boshi aylanmaydi?

Aylanayotgan darveshlar huddi erning 23 darajalik burchagi kabi boshlarini 20-25 daraja chapga burishadi. Bu egilish ichki quloqqa ta`sirlarni neytrallashtiradi va bosh aylanishiga olib kelmaydi. Shu bilan birga, ular faqat bir nuqtaga, chap qo`lning bosh barmog`iga qarashadi. Ular atrofdagi narsalarga ahamiyat bermaydilar, ular hamma narsani tuman holatida ko`rishadi. 

Nay ilohiy nafasni ifodalagani uchun puflanadi. Darveshlar bir vaqtning o`zida kaftlari bilan erga urishadi. Bu zarba qiyomat kuni va Sirot ko`prigini anglatadi. Darveshlarning o`rnidan turishlari Koinot shakllanganidan dalolatdir.

Ko`rib turganingizdek, bu raqs oddiy, ko`ngilochar raqs emas, balki, har harakatida ilohiy ma`no yashiringan raqsdir. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1