1

Sardor Umurzakov Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi bosh direktori bilan muzokara o`tkazdi

Iqtisodiyot 07.03.2022, 20:20
Sardor Umurzakov Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi bosh direktori bilan muzokara o`tkazdi

O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzаkov bugun, 7 mart kuni Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi bosh direktori Patrisiya Dansi bilan muzokaralar o`tkazdi.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) ma`lumotiga ko`ra, uchrashuv davomida Shveysariya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasida 2022-2025 yillarga mo`ljallangan yangi hamkorlik dasturi doirasida amaldagi ikki tomonlama moliyaviy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shveysariya delegasiyasi rahbari O`zbekiston tomonidan nisbatan qisqa vaqt ichida xalqaro va mintaqaviy munosabatlarni rivojlantirish, barqaror rivojlanishni ta`minlash yo`nalishlarida erishilgan ijobiy natijalarga yuqori baho berdi.

Markaziy Osiyo bilan 2022-2025 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi doirasida Agentlik tomonidan 240 million dollar ajratilishi ma`lum qilindi. Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo`nalishlarini muhokama qilib, yangi hamkorlik dasturi doirasida ishlab chiqish uchun eng istiqbolli loyihalarni ko`rib chiqdilar.

Shuningdek, kasb-hunar ta`limi va Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish yo`nalishlari bo`yicha umumiy qiymati 31,7 million dollar miqdoridagi 2 ta loyihani amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan qo`shma chora-tadbirlar ko`rishga kelishib olindi.

Tadbir yakunida ustuvor yo`nalishlarda moliyaviy-texnik hamkorlikni chuqurlashtirishga yo`naltirilgan navbatdagi tadbirlar kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1