1

Ruhiy test: Oilangizga xiyonat xavf solyaptimi?

SUG'DIYONA 07.06.2016, 15:33
Teglar: Oila, Er-xotin
Ruhiy test: Oilangizga xiyonat xavf solyaptimi?

Quyidagi holatlarda ehtiyot bo`ling:

1) Kutilmaganda oylik maoshining ko`p qismini o`ziga sarflasa va oldin o`ziga yarashadi deb hisoblagan mo`ylovini olib tashlasa;
2) Ishxonasida hamkasabalarining ko`pchiligi kutilmaganda mehnat ta`tiliga chiqqanligini aytib, juftingiz ko`p vaqtini ishda o`tkazadigan odat chiqarsa;
3) Uyali aloqa vositasi sotib olib, goh vannada, goh hovlida sizdan berkinib gaplashsa;
4) Sizdan o`zini olib qochsa, bahonalar to`qisa;
5) Nonushta vaqtida ko`zlarini olib qochsa, mavzuni boshqa yoqqa bursa;
6) Xarajat uchun pul so`rasangiz, do`sti hali ham qarzini qaytarmaganini bahona qilsa;
7) Do`stlari qo`ng`iroq qilib match yoki bayram ziyofatlariga taklif qilishganida rad etsa (oldinlari  u do`stlari bilan vaqt o`tkazishni yoqtirar edi);
8) Shu paytgacha befarq bo`lgan modellar haqidagi jurnallarni sotib olib o`qishga tushsa;
9) Ertalab va kechqurun badantarbiya bilan shug`ullansa, hattoki yomg`ir yog`ishiga ham qaramasdan eski velosipedda “aylanib kelaman” degancha ketsa;
10) 8-martdan bir necha kun oldin qaysi atir urfda ekanligini so`rasayu, sizga quruq atirgul sovg`a qilsa;
11) Har bir ishingizdan ayb topishga harakat qilsa, “shimimni yaxshi dazmollamabsan” deb ming`illasa;
12) Kechki ovqatga mehr bilan taom tayyorlasangizu, u “qornim to`q” deb taomdan bosh tortsa;

Va nihoyat 99,9% juftingizning sizga xiyonat qilishiga ishonishingiz mumkin, agarda:
1. Avtomashinasidan ayollar buyumlarini topsangiz;
2. Ishdan kelganida ko`ylagi yoqasidan lab bo`yog`i izini topsangiz, juftingizning o`zidan esa sizga begona ayollar atirining hidi kelib tursa.

U SIZGA SODIQMI?
1. Sizning ishdagi muvafaqqiyatlaringiz haqida eshitib turib, juftingiz o`zini qanday tutadi?
A. Indamaydi;
B. O`zi boshqa masalalar to`g`risida gapira ketadi;
V. “ Hammadan zo`r ekanligingga ishongan edim ” deb maqtab qo`yadi.

2. Vaqt o`tishi bilan xayolingizga qanday shubhali o`ylar keladi?
A. Juftingiz faqatgina sizning yoningizda o`zini baxtli his qiladi;
B. U hech qachon ilk sevgisini eslamaydi;
V. Juftingizda sizga xiyonat qilishga xohish yo`q.

3. Kayfiyatingiz bo`lmagan vaqtda u o`zini qanday tutadi?
A. Sizni yolg`iz qoldirishni afzal biladi;
B. Jiddiylashadi yoki jahli chiqa boshlaydi;
V. Sizga e`tibor qaratishga, asabiyligingiz sababini bilishga harakat qiladi.

4. Bayram kechasiga taklif qilishdi. Juftingiz o`zini qanday tutadi?
A. Uning o`zini tutishi chinakam xotinbozlarga o`xshaydi;
B. Kechadagi ayollarni qiziqish bilan kuzatadi;
V. Asabiylashadi va sizdan bir qadam ham uzoqlashmaydi.

5. Bir vaqtning o`zida sizlarni ikkita kechaga taklif qilishdi, masalani qanday hal etasiz?
A. Bu masalani birga muhokama qilasiz;
B. U o`z fikrida qat`iy turadi va siz u istagan kechaga borasiz;
V. Oxirgi so`zni siz aytasiz.

6. Agar juftingiz bilan shoshib turgan bo`lsangiz va tezda tanovul qilib olishni xohlasangiz nima qilasiz?
A. Ovqatni juftingiz tayyorlaydi;
B. Vaqtni tejash uchun birga tayyorlaysiz;
V. Barchasini o`zingiz tayyorlaysiz.

7. Juftingizning ota-onangizga munosabati qanday?
A. U ota-onangizni mamnuniyat bilan qabul qiladi;
B. Ota-onangiz bilan aloqa qilishni xohlamaydi;
V. Ota-onangiz unga shunchaki yoqadi.

8. Juftingizning shaxsiy ishlaringizga munosabati qanday?
A. U doimo keraksiz joyga burun suqib yuradi;
B. Kamdan-kam hollarda shaxsiy ishlaringiz bilan qiziqadi;
V. Savollar bilan asabingizni buzmaslikka harakat qiladi.

“A” javoblariga — 0 balldan, “B” javoblarga — 3 balldan va “V” javoblariga — 6 balldan qo`yib chiqing. To`plagan ballaringizni hisoblang.

0 balldan 20 ballgacha. Sizning ahvolingizga faqat achinish mumkin. Juftingiz sizga siz xohlaganchalik sodiq emas. Agar u bilan munosabatingizni davom ettirsangiz oldinda sizni ko`pgina xafagarchilik va umidsizliklar kutmoqda.

21 balldan 33 ballgacha. Juftingiz sizni yaxshi ko`radi. Ammo uni siz o`ylagandek sodiq deyishga hali erta. To`Qri u sizni sevishi va siz bilan munosabatlarini davomiy bo`lishini istashi mumkin. Agar vaqt o`tgan sayin uning muhabbatini yanada orttirishga erisha olsangiz, u holda uning uchun dunyoda sizdan o`zga ayol bo`lmaydi.

34 balldan 48 ballgacha. Juft tanlashda omadingiz chopgan. Uning sodiqligiga bekor shubha qilyapsiz. Agar uning sevgisiga javob qaytarmasangiz uning qalbini qattiq shikastlaysiz.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1