Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda O`zbekistonga 8 ta davlatdan 31,7 ming tonna yirik shoxli qoramol go`shti import qilingan.
Yirik shoxli qoramol go`shti importi 2020 yil bilan solishtirilganda 10,1 ming tonnaga oshgan.
2021 yilda O`zbekiston eng ko`p yirik shoxli qoramol go`shtini import qilgan davlatlar:
Belarus – 21,5 ming tonna
Qozog`iston – 4,9 ming tonna
Ukraina – 2,9 ming tonna
Hindiston – 916 tonna
Moldova – 738 tonna
Rossiya – 638 tonna






