1

O`zbekistonda shakar narxi keskin ko`tarilmoqda. Antimonopoliya qo`mitasi tezkor bayonot bilan chiqdi

Iqtisodiyot 17.03.2022, 19:52
O`zbekistonda shakar narxi keskin ko`tarilmoqda. Antimonopoliya qo`mitasi tezkor bayonot bilan chiqdi

Bugungi kunda ichki bozorlardagi shakar mahsuloti narxining asossiz keskin oshishi kuzatilmoqda. Holat yuzasidan Antimonopoliya qo`mitasi murojaat bilan chiqdi.

Unga ko`ra, Rossiya va Ukraina davlatlari tomonidan shakar eksporti to`xtatilganligining O`zbekistonga hech qanday ta`siri yo`q.

Bu ikki davlatning ichki bozordagi ulushi bor-yo`g`i 2% ni tashkil etadi. Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jaxon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda.

O`zbekistonda ikkita – «Xorazm shakar» va «Angren shakar» mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida joriy yil 15 mart holatiga 260 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud. Shundan, omborda 40 ming tn tayyor shakar va 32 ming tn xomashyo, iyun oyiga qadar 178 ming tn xomashyo etkazib beriladi. Shunday bo`lsa ham qo`shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, ichki bozorni shakar mahsuloti bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan birja savdolariga kunlik qo`yiladigan hajm o`rtacha 30 foizga oshirilmoqda. 

Bundan tashqari respublika aholisiga shakar mahsuloti etarli miqdorda va maqbul narxlarda etkazib berish maqsadida  Hukumat tomonidan zarur choralar ko`rilmoqda hamda barcha hududlardagi bozorlarda “Elga xizmat” rastalarida maqbul narxda shakar sotish topshiriqlari berilmoqda. Shakarga bo`lgan narx asossiz oshirilishi natijasida vahimaga berilmasligingizni so`raymiz.

Hurmatli Tadbirkorlar!

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Sizdan shakarga bo`lgan narx-navoni asossiz oshirmasligingizni va iste`molchilarga noqulaylik tug`dirmasligingizni  so`rab qoladi. Asossiz oshirilgan narx-navo bo`yicha Qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko`rish mumkinligi yuzasidan ogohlantiramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1