1

O`zbekiston Qozog`istondan sotib olayotgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo`yicha bug`doy etakchilik qilmoqda

Iqtisodiyot 18.03.2022, 14:48
O`zbekiston Qozog`istondan sotib olayotgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo`yicha bug`doy etakchilik qilmoqda

Uning narxi 113 million dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda zamon.uz sayti xabar bermoqda.
Qozog`istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo`yicha bug`doy etakchilik qilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi O`zbekistonga 2022 yil yanvar-fevral oylarida Qozog`istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmini e`lon qildi.

Ushbu ko`rsatkich quyidagicha ko`rinish oldi:

— bug`doy — 436 ming tonna (113,1 million dollar);

 

— bug`doy uni — 51,3 ming tonna (15,9 million dollar);

 

— o`simlik yog`i — 12,3 ming tonna (14,6 million);

 

— margarin mahsulotlari 8,6 ming tonna (11 million);

 

— qoramol go`shti — 1,2 ming tonna (5,6 million dollar);

 

— arpa — 19,9 ming tonna (4,3 million);

 

— makkajo`xori — 12,8 ming tonna (3,4 million);

 

— kartoshka — 12,6 ming tonna (2,4 million).

Ma`lumot uchun: Rossiya shakar va don eksportini vaqtincha taqiqlaganligi haqida xabar bergandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1