1

Shakarning birja narxi chora-tadbirlar kiritilgandan keyin bir kun ichida 15 foizga tushdi — Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi

Iqtisodiyot 18.03.2022, 19:23
Shakarning birja narxi chora-tadbirlar kiritilgandan keyin bir kun ichida 15 foizga tushdi — Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi

Shakarning birja narxi chora-tadbirlar kiritilgandan keyin bir kun ichida 15 foizga tushdi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi ma`lum qildi. Xabarga ko`ra, birjadagi xaridorlar soni uch barobarga oshdi.

Birja narxini barqarorlashtirish uchun regulyator tovar birjasi orqali kuniga kamida 2000 tonna shakarni bir tonna lotda sotishni buyurdi. Bitta xaridor kuniga 20 tonnagacha xarid qilishi mumkin bo`ldi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan birjada narxlarni barqarorlashtirish va shakarni birja savdolari orqali barcha xaridorlarga teng sharoitlarda sotilishini tashkil qilish maqsadida ko`rilgan tezkor choralar natijasida joriy yilning 17 martga nisbatan 18 mart kuniga kelib shakarning o`rtacha sotilish narxi 1 tn 11,9 mln so`mdan 10,1 mln so`mgacha pasaydi yoki 15 foizga arzonlashdi.

Zavodlar tomonidan shakar o`rtacha 8 448 ming so`m boshlang`ich narxlarda qo`yilmoqda. Bunda, o`rnatilgan limit natijasida ishtirokchilar talablarini to`liq qondirishga erishildi, xususan oy boshiga o`rtacha 50 ta xaridor bo`lsa, 18 mart kuni 150 ta xaridordlar mahsulot xarid qilgan.

O`z navbatida Qo`mita tomonidan savdolarda ayrim insofsiz tadbirkorlar tomonidan narxlarni sun`iy oshirilganligi, birja savdolariga oid raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Hozirda ish qo`zg`atish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1