1

1,6 milliard so`m maqsadsiz ishlatilgan

Iqtisodiyot 18.03.2022, 21:06
1,6 milliard so`m maqsadsiz ishlatilgan

Aholining murojaatiga asosan, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi mamlakatimizdagi qator uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini  o`rgandi

Natijada 20 ta uy-joy mulkdorlari shirkati 37 ta holatda 1,6 milliard so`mni maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilgani aniqlandi.

Jumladan:

– 8 ta holatda qurilish-ta`mirlash ishlari hajmiga 451,8 million so`m qo`shib yozilgan;
– 5 ta holatda 508,2 million so`m kredit maqsadsiz sarflangan yoki talon-toroj qilingan;
– 16 ta holatda mulkdorlardan yig`ilgan 313,2 million so`m majburiy badal maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilingan;
– 8 ta holatda 351,9 million so`mga teng boshqa huquqbuzarlik va kamchiliklarga yo`l qo`yilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1