1

O`zbekiston Oqtov porti orqali Kaspiy dengiziga yuk jo`natishi mumkin

Iqtisodiyot 22.03.2022, 15:20
O`zbekiston Oqtov porti orqali Kaspiy dengiziga yuk jo`natishi mumkin

Qozog`istonning Oqtov dengiz porti rahbariyati O`zbekiston kompaniyalarining yuk tashish bo`yicha arizalarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Bu kelishuv bo`yicha «Oqtov tijorat dengiz porti» kompaniyasi raisi Abay Turikpenboev bilan O`zbekistonning Oqtovdagi bosh konsuli o`rtasidagi uchrashuvda muzokaralar o`tkazilgan. Uchrashuv davomida tomonlar O`zbekiston mahsulotlarini Oqtov porti orqali yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga tashish masalalarini muhokama qilgan.

Oqtov (Qozog`iston) dengiz porti Kaspiy dengizining sharqiy qirg`og`ida, bir qancha xalqaro transport yo`laklari kesishgan joyda joylashgan bo`lib, quruq yuklarni, xom neft va neft mahsulotlarini Eron, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston yo`nalishi bo`yicha yiliga 12 oy va kuniga 24 soat davomida sharqdan g`arbga, shimoldan janubga va boshqa mamlakatlarga tashish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1