1

"Soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 tagacha kamaytirildi"

Iqtisodiyot 24.03.2022, 12:11
"Soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 tagacha kamaytirildi"

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida Prezident Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati ham biznes sohasini rag`batlantirishga xizmat qilayotganini ta`kidladi. 

Ma`lum qilinishicha, so`nggi yillarda soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 tagacha kamaytirildi. Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobarga pasaytirildi. Shu bilan birga, 6 mingga yaqin import boj stavkalari ham pasaytirildi.  

Shuningdek, o`tgan 5 yil ichida 200 ga yaqin lisenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi.

"Tadbirkorlik sub`ektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq ma`murchiligini takomillashtirish choralari tizimli ravishda davom ettirilmoqda. O`zbekistonda xorijiy investorlar bilan ishlashning “yagona darcha” tamoyili asosida mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, sarmoyadorlarga har tomonlama ko`mak beradigan, barcha hududlar va tarmoqlarni qamrab olgan Investisiyalar vazirligi faoliyati yo`lga qo`yildi.

“Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investisiyalar hajmi uch yarim barobarga oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi.

Buning hisobiga 59 mingta investisiya loyihalarining amalga oshirilishi 2,5 milliondan ortiq yangi ish o`rinlari yaratilishiga munosib hissa qo`shdi.

Shuningdek, to`qimachilik, charm-poyabzal, farmasevtika, elektrotexnika, kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati va boshqa ko`plab sohalardagi qayta ishlash darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga hamda eksportimizning yillik hajmlarini salkam 20 milliard dollarga etkazishga muvaffaq bo`ldik", dedi davlat rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1