Kaliforniya shtatining Los-Anjeles ma`muriy markazida joylashgan kino san`ati va fanlari akademiyasida “Oskar” mukofotiga nomzodlar e`lon qilindi. BBC bergan xabarga ko`ra, 94-taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, “Uzoq xayrlashuv” – eng yaxshi qisqa metrajli film deb topilgan. “Basketbol malikasi” esa – eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film bo`ldi.
Shuningdek, “Oyna tozalovchi” – eng yaxshi qisqa metrajli animasion film, “Enkanto” (Disney) – eng yaxshi animasion film, “Mashinamni hayda” (Ryusuke Xamaguti, Yaponiya) – eng yaxshi xorijiy film va “Qalbdagi yoz” – eng yaxshi hujjatli film nominasiyasiga loyiq topildi.
Amerikalik aktyor va rejissyor Troy Kosur – “CODA” filmidagi ota rolini ijro etgani uchun eng yaxshi yordamchi aktyor mukofotini qo`lga kiritgan.
Shuningdek, “Kruella” – eng yaxshi kostyumlar uchun;
“Belfast” (rejissyor Kennet Brana) – eng yaxshi ssenariy; “CODA” – eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy;
“Dyuna” – eng yaxshi ovozni tahrirlash;
Billi Aylish va Finneas O`Konnell / “O`ladigan payt emas” (“O`ladigan payt emas” filmiga saundtrek) – eng yaxshi qo`shiq;
Jeyn Kempionga “Ko`ppak qudrati” filmi uchun eng yaxshi rejissyor e`tirofiga sazovor bo`lgan.