Bir necha kun avval xonanda Yulduz Usmonova o`zining "Instagram" sahifasida jonli efir o`tkazib, o`zi uchun ijodiy tanaffus qilmoqchiligini aytib, xorijga ketishini ma`lum qilgandi.
Xonandaning so`zlariga ko`ra, konsertdan so`ng u juda qattiq charchagan. Shu sababli ham turmush o`rtog`i bilan birgalikda dam olishga kelishib olgan.
"Ko`pchilik oson deb o`ylaydi. Aslo osonmas. Na kasal bo`lishga haqqing bor, na tomog`ing og`rishga. Shu kunlarda charchaganimni his qila boshladim",-deydi san`atkor.
Aytilgan bunday so`zlardan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonovaning O`zbekistondan butunlay ketmoqchi ekani haqida shov-shovlar paydo bo`la boshladi.
Biroq xonanda: "Ketishimdan xursand bo`lganlar sizlarni bir xafa qilaman", deya ommaga murojaat qildi.
https://www.youtube.com/shorts/wjxGej-5XFI
"Hali beri ketmayman. Boshingizda o`la-o`lgunimcha yong`oq chaqaman hali. Men o`zbekning bolasi hech qaerga ketmayman",-deydi u videoda.