1

Livanga Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi

Iqtisodiyot 01.04.2022, 13:29
Livanga Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi

UzAuto Motors Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri – IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yishga qaror qildi. Bu haqda  “UzAuto Motors” matbuot xizmati xabar qildi. 

Qayd etish kerakki, bugungi murakkab sharoitlarda “UzAuto Motors” AJ o`z mahsulotlarini nafaqat mamlakat ichida, balki tashqi bozorlarga ham kirish imkoniyatini kengaytirib, qator sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo`lib qolmoqda.  

Kompaniya mahsulotlari qator mamlakatlarda barqaror talabga ega.  O`zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari so`nggi yillarda Qozog`iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afg`oniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini ko`rsatdi. Ammo doimiy o`zgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, martning so`nggi kunida kompaniya Livanga 54 dona LT, AT komplektasiyali Spark avtomobillarining birinchi partiyasini yubordi. Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1