1

Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko`rishi aniqlandi

SUG'DIYONA 17.06.2016, 16:13
Teglar: Ayol, Erkak
Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko`rishi aniqlandi

Qiziq, erkaklar ideal ayolni qanday tasavvur qilar ekan? Ular o`zlariga juft tanlayotganda uning aqliy qobiliyatini birinchi o`ringa qo`yadimi? “AdMe.ru” nashri sizga ayol miyasi qanday mo``jizalarni dunyoga keltirishi mumkinligi haqidagi maqolani havola etadi.

Hech kimga sir emaski, aqllilik eng qimmatli fazilatdir. Yangi tadqiqotlar ayolning aqliy qobiliyati yuqoriligi juftining umrini uzaytirishini va aqli zaiflikdan himoya qilishini aniqladi. Bir tuxumli egizaklarning salomatligi tekshirilganda, odamning atrofidagi kishi uning aqliy qobiliyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi ma`lum bo`lgan. 

Olimlar aqlli ayolga uylangan erkak uzoq va baxtli hayot kechirishini, Alsgeymer kasalligi va aqli zaiflikdan jabr ko`rmasligini isbotladi. Masalan, intellektual boshqotirma o`yinlar bu kasalliklarni bartaraf etib, erkak ongini charxlaydi. Mantiqan o`ylab ko`rilganda, bilimini oshirib boradigan aqlli ayol erining ham aqliy qobiliyatiga ta`sir ko`rsatar ekan.  

Aqlli ayollarga uylangan erkaklar miyasi skaner qilinganda jismonan “zaiflik” aniqlangan bo`lsa-da, biror bir kasallik belgisi yo`qligi aniqlangan. Ular o`zlarining o`ta aqlliligiga va mehnatga yaroqliligiga ishonishgan.  

Aberdin universitetining ruhiyat bo`yicha professori Lorens Uolli (Lawrence Whalley) “Agar erkak uzoq umr ko`rishni istasa, aqlli ayolga uylanishi lozim. Dunyoda faqatgina aqliy salohiyatgina insonni aqli zaiflikdan himoya qiladi”, dedi. 

O`z aqliy salohiyatiga ishongan qizlar voyaga etganda o`ta mas`uliyatli va mustaqil bo`lishadi. Aqliy qobiliyati yuqori bo`lgan o`g`il bolalar esa rafiqalari va turmush o`rtoqlariga qulay muhitni yaratadilar. Odamlarga qiz bolaning aqli, uning tashqi go`zalligidan ustun turishini tushuntirish qiyin. Shuning uchun mazkur tadqiqot o`ziga rafiqa tanlayotganda uning aqliga e`tibor beradigan erkakka jismoniy va ruhiy tomondan sog`lom bo`lishiga oldindan e`tibor berishi lozimligiga shama qiladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1