1

Chetdan olinayotgan davlat qarzi: nimaga, qancha sarflanayotgani ochiqlandi

Iqtisodiyot 08.04.2022, 16:49
Chetdan olinayotgan davlat qarzi: nimaga, qancha sarflanayotgani ochiqlandi

Moliya vazirligi Davlat qarzini boshqarish departamenti direktori Jasur Qarshiboevning O`z Aga ma`lum qilishicha, joriy yilda davlatning jami qarzi 26,3 milliard dollarni tashkil etadi. Shundan 2,7 milliard dollari ichki qarz, 23,6 milliard dollari tashqi qarz hisoblanadi.    

 Tashqi qarzning iqtisodiy tarmoqlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:    

 — 5,9 milliard dollari davlat byudjetini qo`llab-quvvatlashga;  

— 3,1 milliard dollari elektr-energiya tarmog`iga;  

— 2,9 milliard dollari energetika (neft-gaz);  

— 2,6 milliard dollari transport va transport infratuzilmasiga;  

— 2,4 milliard dollari qishloq va suv xo`jaligiga;  

— 2,1 milliard dollari uy-joy va kommunal sohaga;  

— 1,2 milliard dollari tijorat banklariga;  

— 1,2 milliard dollari kimyo sanoatiga;  

— 0,7 milliard dollari ta`lim va sog`liqni saqlash sohasiga;  

— 0,2 milliard dollari telekommunikasiya tarmog`iga;  

— 1,3 milliard dollari boshqa yo`nalishlarga.    

 Ta`kidlash joizki, davlat qarzi xavfsizligini ta`minlash borasidagi islohotlar natijasida uning yildan-yilga kamayishiga erishilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1