1

Senatdada yangi Ishchi guruh tuzildi

Siyosat 27.04.2022, 12:03
Senatdada yangi Ishchi guruh tuzildi

Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva boshchiligida xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga etmaganlarga nisbatan nojo`ya harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalariga bag`ishlangan majlis bo`lib o`tdi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, avvallari ushbu toifadagi insonlarga tazyiq va zo`ravonlik yopiq mavzu bo`lib, u ochiq-oshkora muhokama qilinmas edi. Bugungi ochiqlik siyosati tufayli ayollarning muammolari yuqori minbarlarda tilga olinmoqda, xotin-qizlarning yillar davomida to`planib qolgan muammolari hal etilmoqda.

Afsuski, sohada amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan, salbiy holatlar hanuzgacha sodir etilmoqda. Xotin-qizlar va voyaga etmaganlarga nisbatan zo`ravonlik va shilqimlik holatlari hali ham uchrab turibdi. Bu amaldagi qonunchilik va huquqni qo`llash normalarini puxta ko`rib chiqishni, ularni mavjud voqelikka moslashtirishni talab qiladi.

Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga etmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalarini o`rganish bo`yicha Ishchi guruh tuzildi. Unga huquqni qo`llash amaliyotini tahlil qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o`tkazish, xalqaro tajribani chuqur o`rganish hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari yuklatilgan, ular keyinchalik mamlakat parlamenti tomonidan ko`rib chiqiladi.

" NNT, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini, olimlar va mutaxassislarni Oliy Majlis Senatida tashkil etilgan Ishchi guruh faoliyatida faol ishtirok etishga chaqiramiz (senat14@exat.uz, qonunchilik@senat.go.uz)", - deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1