1

Umrzoqov Lavrov bilan telefon muloqoti o`tkazdi

Siyosat 29.04.2022, 12:56
Umrzoqov Lavrov bilan telefon muloqoti o`tkazdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – tashqi savdo va investisiyalar vaziri Sardor Umrzoqov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda RF TIV rasmiy sayti xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon"nashri. 

Muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 19 noyabrdagi Moskvaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi to`g`risida fikr almashilgan. Shuningdek, tomonlar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalar istiqbollarini ko`rib chiqqan.

O`zbekiston va RFning MDH, ShHT doirasida hamda ikki tomonlama munosabatlari muhokama qilingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1