O`zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboev faoliyat olib borayotgan "Sherif" Moldova chempioniga aylandi.
Mazkur jamoa Moldova chempionati 26-turi doirasida "Dinamo-Avto"ni mag`lub etdi – 3:0. Natijada, jamoa muddatidan oldin chempionlikni qo`lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat "Sherif"ni o`z tarixida 20 karra Moldova chempioni bo`lishini ta`minladi.






