Taniqli futbol agenti Mina Rayola 55 yoshda vafot etdi. Bu haqda uning oilasi tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali ma`lum qilgan.
Qayd etilishicha, u uzoq vaqt davom etgan xastalik tufayli vafot etgan. Bir necha kun ilgari OAV uni vafot etganini ma`lum qilgan, keyinchalik bu o`z tasdig`ini topmagandi.
Eslatib o`tamiz, Mino Rayola Zlatan Ibrahimovich, Pol Pogba, Erling Holand, Mateys De Ligt singari futbolchilarning agenti hisoblanardi.






