AsosiySport

Boks: Tursunoy Rahimova O`zbekiston ayollar terma jamoasi sardori etib saylandi

'Boks: Tursunoy Rahimova O`zbekiston ayollar terma jamoasi sardori etib saylandi'ning rasmi

O`zbekiston boks federasiyasi rahbariyati Turkiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan O`zbekiston ayollar terma jamoasi a`zolari bilan uchrashdi.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatidan ma`lum qilinishicha, uchrashuv davomida terma jamoamizning tajribali a`zosi, Olimpiya o`yinlari va jahon chempionati ishtirokchisi Tursunoy Rahimova O`zbekiston ayollar terma jamoasi sardori etib saylandi.

Ushbu uchrashuvdan so`ng bokschimiz o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

–Bo`lajak jahon chempionatida 10 ta vazn toifasida ishtirok etamiz. Avval ham aytib o`tganimizdek, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka katta e`tibor qaratilgan. Musobaqaga tayyorgarlik ko`rishimiz uchun barcha sharoit yaratib berildi. Bundan mamnunmiz. 

Hozirda holatimiz yaxshi deb hisoblayman. Kecha o`tkazilgan yig`ilishda O`zbekiston ayollar terma jamoasi sardori etib saylandim. Bu menga qo`shimcha mas`uliyat yuklaydi. Terma jamoa sardori sifatida shuni ayta olamanki, Xudo xohlasa jahon chempionatida o`zimizga bildirilgan ishonchni oqlab, O`zbekistonga yaxshi natija bilan qaytamiz, – dedi Tursunoy Rahimova.

Ma`lumot uchun, 6-20 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahri boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar